Sofi akkauntini o‘chirish
Akkauntingiz va unga bog‘liq ma’lumotlarni o‘chirish uchun sofi24app@gmail.com manziliga yozing. So‘rov yuborish uchun ilovaga kirish shart emas.
Emailda nimalarni yozish kerak?
- Mavzuga “Sofi akkauntini o‘chirish” deb yozing.
- Apple, Google yoki Telegram orqali kirganingizni ko‘rsating. Apple yoki Google uchun kirishda ishlatgan emailingizni (Apple emailingizni yashirgan bo‘lsangiz, Sofi uchun relay emailni), Telegram uchun foydalanuvchi nomingizni yozing. Telegram foydalanuvchi nomingiz bo‘lmasa, buni ayting.
- Sofi akkauntingiz va unga bog‘liq ma’lumotlarni o‘chirishni so‘rayotganingizni yozing.
Parol yoki tasdiqlash kodini yubormang. Boshqa odamning akkaunti o‘chirilmasligi uchun akkaunt sizniki ekanini tekshiramiz. Zarur bo‘lsa, siz bilan shu email orqali bog‘lanamiz. So‘rov holati va bajarilishi haqida email orqali xabar beramiz.
Nimalar o‘chiriladi?
Serverdagi Sofi akkaunti, profil ma’lumotlari va rasmi, o‘quv progressi, progress ichidagi Writing matnlari va natijalari hamda kirish sessiyalari o‘chiriladi. Sofi akkauntini o‘chirish Apple, Google yoki Telegram akkauntingizni o‘chirmaydi.
Qaysi ma’lumotlar qolishi mumkin?
Push eslatmalari va qurilma faolligi yozuvlari akkauntdan ajratiladi, lekin avtomatik o‘chirilmaydi. Faollikning kunlik tarixi 90 kun, aloqasiz qurilma yozuvi oxirgi faollikdan 180 kun saqlanadi. Push yozuvlari va serverning zaxira nusxalari uchun hozir avtomatik o‘chirish muddati belgilanmagan. Zaxira nusxalaridagi ma’lumotlar darhol yo‘qolmaydi.
Email orqali o‘chirish qurilmalaringizdagi mahalliy nusxalarni va Writing qoralamalarini avtomatik tozalamaydi. Ularni qurilma sozlamalaridan ilova ma’lumotlarini tozalash orqali o‘chiring. Dars eslatmalarini ham telefon sozlamalaridan o‘chirishingiz mumkin.
Ilovadan o‘chirish
Ilovaga kira olsangiz, Profil → Sozlamalar → Akkauntni o‘chirish bo‘limidan ham foydalanishingiz mumkin. Shu qurilmadagi akkaunt nusxasi va Writing qoralamalari ham tozalanadi. Apple orqali kirish ulangan bo‘lsa, Sofi uchun berilgan Apple ruxsati bekor qilinadi.